Fuqarolikni yo'qotish
O'zbekistonni tark etgan va chet elda doimiy yashovchi O’zbekistonning diplomatik va konsullik muassasalarida uch yil davomida asossiz sababli ro'yxatdan o'tmagan shaxslar uchun fuqarolikni yo'qotish uchun taqdim etiladigan hujjatlar to'plami
(uch nusxada)
- fuqarolikni yo'qotish to'g'risidagi fuqaroning xabarnomasi (namuna);*
- tarjimai hol (namuna);
- O'zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining oldi tarafi va doimiy ro’yxatdan o’tganligi varog’i bilan tasdiqlangan nusxasi;
- chet elda doimiy yashash uchun jo'nab ketishni tasdiqlovchi hujjat (MDH mamlakatlariga - jo'nab ketish varaqasining nusxasi, qolganlarga - pasportda chet elga doimiy yashashga ruxsat etilgan stiker);
- Arizachining xorij fuqaroligini qabul qilgan sanasini tasdiqlovchi xorijiy davlat vakolatli organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma**;
- xorijiy davlat fuqarosi pasportining nusxasi;
- Arizachining anketa ma’lumotlari (ismi, familiyasi, otasini ismi, tug‘ilgan sanasi) o‘zgargan bo‘lsa, mazkur holatni tasdiqlovchi hujjat **;
- rasm 3x4sm (6 dona)
- konsullik to'lovi cheki.
Boshqa davlat fuqaroligini olganligi sababli fuqarolikni yo'qotish to'g'risidagi hujjatni rasmiylashtirish uchun hujjatlar to'plami
(uch nusxada)
- fuqarolikni yo'qotish to'g'risidagi fuqaroning xabarnomasi;*
- tarjimai hol (namuna);
- O'zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining nusxasi hamda domiy yashash joyi ko'rsatilgan varog'i;
- Arizachining xorij fuqaroligini qabul qilgan sanasini tasdiqlovchi xorijiy davlat vakolatli organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma**;
- xorijiy davlat fuqarosi pasportining nusxasi;
- Arizachining anketa ma’lumotlari (ismi, familiyasi, otasini ismi, tug‘ilgan sanasi) o‘zgargan bo‘lsa, mazkur holatni tasdiqlovchi xujjat **;
- rasm 3x4sm (6 dona)
- konsullik to'lovi cheki.
Voyaga yetmagan bolalar (18 yoshga to'lmagan) fuqarolikni yo'qotish uchun hujjat topshirisha olishmaydi. Voyaga yetgandan keyingina (18 yoshga to'lgan) fuqarolikni yo'qotish uchun hujjat topshirishlari mumkin.
* Agar O'zbekiston Respublikasining Singapurdagi Elchixonasiga shaxsan kelish imkoni bo'lmasa, xabarnoma notarial tasdiqlanadi va legalizatsiya qilinadi (Avstraliya va Yangi Zelandiyada yashovchi fuqarolar uchun - apostil).
** Talab qilingan hujjat Singapurda berilgan bo'lsa notarial tasdiqlanadi va legalizatsiya qilinadi (Avstraliya va Yangi Zelandiyada yashovchi fuqarolar uchun - apostil).