Siyosiy munosabatlar
Singapur Respublikasi O'zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1992 yil aprel oyida tan olgan. Diplomatik aloqalar 1997 yil 8 aprelda tashkil topgan.
2007 yildan boshlab O'zbekiston Respublikasining Singapurdagi Elchixonasi Singapurda faoliyat yuritadi, u Avstraliya bilan hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha ish olib boradi.
2011 yildan boshlab Singapurning O'zbekistondagi elchisi (Qarorgohi Singapurda) Zulkifli bin Baharudin etib tayinlangan.
Huquqiy baza beshta hukumatlararo hujjatdan iborat: Investitsiyalarni rag'batlantirish va himoya qilish to'g'risidagi bitim (2003y.), Havo qatnovi bitimi (2007y.), Iqtisodiy va gumanitar hamkorlikning asosiy yo'nalishlari bitimi (2007y.), Ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish va daromad va kapital soliqlarini to‘lashdan bosh tortishga yo‘l qo‘ymaslik to'g'risidagi bitim (2008y.), Diplomatik pasport egalari uchun viza talablaridan ozod etish to'g'risidagi bitim (2012y.).
Ikki tomonlama munosabatlarning asosiy voqeasi 2007 yil 24-26 yanvar kunlari O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning Singapurga tashrifi bo'ldi.
2009 yil aprel oyida Singapur parlamenti spikeri A.Tarmugi O'zbekistonga tashrif bilan buyurdi. Uning doirasida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati, O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida uchrashuvlar bo'lib o'tdi.
Ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida tizimli asosda siyosiy maslahatlashuvlar o'tkaziladi.
2013 yil 24-27 oktyabr kunlari O'zbekistonda Bosh vazir ofisidagi vazir, ikkinchi tashqi ishlar vaziri va atrof-muhit va suv resurslari bo'yicha ikkinchi vaziri Grace Fu boshchiligidagi Singapur delegatsiyasi O’zbekistonga tashrif buyurdi. O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi raisi E.Basitxanova, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi, Qishloq va suv xo'jaligi vazirliklari raxbariyati bilan uchrashuvlar o'tkazildi va Jahon iqtisodiyoti va diplmatiya universiteti talabalari uchun ma'ruza tashkil etildi.
2019 yil 2-5 aprel kunlari Singapur Mudofaa va Tashqi ishlar vazirliklari katta davlat vaziri Mohamad Maliki Bin Osman O'zbekistonga tashrif bilan bordi.
Tashrif chog'ida u O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis Senati, Tashqi ishlar vazirligi, Maktabgacha ta'lim vazirligi, Mudofaa vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va Toshkent hokimiyati rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazdi. Undan tashqari Samarqand shahriga tashrifi tashkilashtirildi.
O'zbekiston va Singapur BMT Bosh Assambleyasi, Xavfsizlik Kengashi va turli komissiyalari va boshqa xalqaro tashkilotlar, jumladan, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO), Umumjahon pochta ittifoqi va boshqalar doirasida o'zaro tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash uchun samarali ish olib bormoqda.
2018 yilda O'zbekiston delegatsiyalarining Singapurga tashriflari.
2018 yilda Singapur Respublikasining davlat organlari faoliyati bilan tanishish, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida O'zbekiston Respublikasining delegatsiyalarining Singapurga 10ta tashrifi tashkil etildi.
Shunday qilib, 2018 yil 26 fevraldan 2 martgacha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi va Mirzo Ulug'bek innovatsion markazining delegatsiyasi O'zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), elektron hukumat sohalari bo'yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirish va "Aqlli shahar" dasturlarini ishlab chiqish maqsadida Singapurga tashrif buyurdi.
2018 yil 6 maydan 9 maygacha Singapur davlat xizmatlarini taqdim etish tajribasini o'rganish, Singapur hamkorlik agentligi va davlat xizmatlarini ko'rsatuvchi boshqa tuzilmalar faoliyati bilan tanishish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligining delegatsiyasi tashrif buyurdi.
2018 yil 4-8 iyun kunlari O'zbekiston Respublikasi avtomobil yo'llari bo'yicha Davlat qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Sh.Nazarov boshchiligidagi O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi avtomobil yo'llarini qurish va ulardan foydalanish tajribasini o'rganish uchun Singapurga tashrif buyurdi. Tashrif chog'ida delegatsiyani Singapur Respublikasi Aloqa va transport davlat vaziri J.Putucheri qabul qildi.
2018 yil 8 iyuldan 12 iyulgacha Oltinchi Butunjahon shaharlar sammiti va shahar hokimlarining forumida ishtirok etish, shuningdek, shaharlar infratuzilmasini, Aqlli va xavfsiz shaharni rivojlantirish, ijtimoiy uy-joylarni qurish, tematik va ko'ngilochar bog'larni yaratish kabi tajribalarini o'rganish maqsadida Toshkent shahar hokimiyatining delegatsiyasi tashrifi tashkil etildi.
2018 yil 17-19 iyul kunlari "Special & Fine Food Asia" ko'rgazmasida alohida milliy pavilonda ishtirok etish va Singapurda mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha muzokaralar o'tkazish uchun "Uzsharobsanoat" ochiq aktsiyadorlik jamiyati vakilini tashrifi tashkil etildi.
2018 yil 15 avgustdan 16 avgustgacha Changi aeroportining infratuzilmasini o'rganish va Singapurning bezakali daraxtlar va gullarni ekish bo'yicha ilg'or tajribasini o'rganish uchun Avtomobil yo'llari bo'yicha davlat qo'mitasi huzuridagi "O'zyo’lko’kalamzorlashtirishh" unitar korxonasi delegatsiyasi Singapurga tashrif buyurdi.
2018 yil 17-19 avgust kunlari O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi va Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi Singapurning "NATAS Holidays 2018" sayyohlik ko'rgazmasida alohida milliy stendi bilan ishtirok etish uchun Singapurga tashrif buyurdi. Ko’rgazmaning ochilish marosimida elchixona milliy raqslar va O'zbekiston Respublikasining sayyohlik salohiyatining taqdimotini tashkil etdi, va uning doirasida O'zbekistonning xorijiy sayohatchilar uchun tarixiy, madaniy va gastronomik jihatlarini ochib berdi.
2018 yil 3-7 noyabr kunlari Oliy sud delegatsiyasi tashrifi davomida Singapur Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Singapur Xalqaro savdo sudi faoliyati to'g'risida ma'lumot berildi va Singapur Respublikasi Oliy sudi hay'atining raisi, sudya Kventin Lo bilan uchrashuv o'tkazildi.
2018 yil 25 noyabrdan 28 noyabrgacha O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir o'rinbosari, moliya vaziri J.Kuchkarov rahbarligidagi delegatsiya Singapurga tashrif buyurib, shu yerda Bosh vazir o'rinbosari va Markaziy bank raisi Tarman Shanmugaratnam, moliya vaziri Heng Svi Kiat, hamda Singapurning bank-moliya va ishbilarmon doiralari bilan uchrashdi.
2018 yil 25 noyabrdan 29 noyabrgacha Elchixona tomonidan Adliya vaziri R.Davletov va Bosh prokuror o'rinbosari E.Yuldashev boshchiligidagi delegatsiyasini tashrifi tashkillashtirildi. Unda Bosh prokuror L.Vong, Adliya vaziri K.Shanmugam, Singapur korruptsiyaga qarshi kurash byurosi direktori D.Tang, Davlat xizmatlari markazi, Singapur notariuslari bilan uchrashuvlar tashkil qilindi. Tashrif doirasida Singapur-Hindiston Savdo palatasi ko'magida O'zbekistonning sarmoyaviy imkoniyatlari bilan tanishish uchun Singapur ishbilarmon doiralari uchun brifing o'tkazildi.