“Ayollarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi
Qonun loyihasi ayollarni turmushda, ish joylarida, taʼlim muassasalarida tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishga, ayollarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga, shuningdek tazyiq va zoʻravonlik qurbonlarini huquqiy hamda ijtimoiy himoya qilish kafolatlarini taʼminlashga qaratilgan.
Hujjatda zoʻravonlik, zoʻravonlik qurboni va boshqa terminlarning aniq tushunchalari kiritilmoqda, zoʻravonlikning toʻrtta turi belgilanmoqda. Bundan tashqari zoʻravonlikning oldini olishning muhim chorasi sifatida himoya orderi kiritilmoqda.
Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirildi. Siz bildirgan fikr-mulohaza va takliflar asosida hujjat yanada takomillashtiriladi.
Mazkur Qonun loyihasi muhokamasida faol ishtirok etishingizni soʻraymiz.
Qonun loyihasi bilan quyida tanishish va fikr bildirish mumkin: