Pokiston tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy bilan videokonferensiya shaklida muzokara oʻtkazdi.
Suhbat chogʻida ikki tomonlama hamkorlik masalalari, savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish, oliy va yuqori darajadagi boʻlajak uchrashuvlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Afgʻonistonda tinchlik jarayonini ilgari surish, transport-kommunikatsiya va energetika loyihalarini amalga oshirish boʻyicha mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Videokonferensiya davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama etildi.

OʻzA