Singapur kompaniyasi "Alpha Global Capital (S) Pte. Ltd. (AGC)" raisi bilan videomuloqot

Singapur kompaniyasi "Alpha Global Capital (S) Pte. Ltd. (AGC)" raisi Mohd Haris Tumin bilan videomuloqot
1) Nima uchun kompaniyangiz O'zbekiston bilan biznes hamkorlikni boshlashga qaror qildi?
Biz O'zbekiston to'g'risida, uning tarixiy kelib chiqishi va mamlakat tsivilizatsiyalar beshigi va dunyoga mashhur islom ulamolarining vatani ekanligi haqida ko'p eshitdik. Shu bilan birga, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini kuzatib, biznesni yuritish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarni ko'rib, shuningdek, MDH mintaqaviy bozorida o'sish istiqbollari va Evropa, Yaqin Sharq va Afrika bilan aloqalarning o'sishi, shuningdek, O'zbekiston tabiiy resurslarga boy, qishloq xo'jaligi rivojlangan va yuqori savodli ekanligini hisobga olgan holda mehnatsevar aholisi ko'rib, biz o'z biznesimizni O'zbekistonda boshlashga qaror qildik.
2) O'zbekiston iqtisodiyotining qaysi sohalariga investitsiya kiritmoqchisiz?
2019 yil fevral oyida kompaniyamiz vakillari investitsion hamkorlikning barcha jihatlari va istiqbolli yo'nalishlarini o'rganish uchun O'zbekistonga tashrif buyurishdi. Uchrashuvlar va muzokaralar bo'lib o'tdi va muhokamalar natijalariga ko'ra biz O'zbekistonda Halol mahsulotlarni sertifikatlash markazini tashkil etish, havo va yuk tashish ko'lamini kengaytirish, maishiy chiqindi va sanoat suvlarini tozalash uskunalarini o'rnatish kabi loyihalarni amalga oshirishga qaror qildik. Biz ushbu loyihalarni O'zbekistonda karantin tugashi bilan boshlamoqchimiz. Bizning loyihalarimiz barchaga foyda keltiradi, shu jumladan O'zbekiston fuqarolari uchun yangi ish o'rinlarini yaratadi.
3) O'zbekiston bilan hamkorlikda qanday xususiyat va afzalliklarni qayd eta olasiz?
Biz sezgan birinchi narsa shundan iboratki, mamlakatingizda yashaydigan odamlar juda do'stona, ochiq, ular yaxshi ma'lumotli, mehnatsevar va juda mehmondo'st. Tabiiy boyliklarning uyg'unligi, shu jumladan qishloq xo'jaligining yaxshi sifati, sanoatlashtirish bo'yicha olib borilayotgan islohotlar, biznesni rivojlantirish uchun keng yaratilgan imkoniyatlar bizning to'g'ri hamkorni tanlaganimizga ishonch uyg'otadi.
Shuni ham ta'kidlashni istardimki, O'zbekistonning Singapurdagi elchixonasi va O'zbekiston hukumati respublikamizdagi butun faoliyatimiz davomida bizni har tomonlama yo'naltiradi va qo'llab-quvvatlaydi. Fursatdan foydalanib, samarali va o'zaro foydali hamkorlik uchun ularga minnatdorchiligimni bildiraman.
Shuningdek, rejalaringizni biz bilan baham ko'rganingiz uchun sizga rahmat. Umid qilamizki, bir muncha vaqt o'tgach, siz bilan davom etayotgan loyihalarning birinchi muvaffaqiyatli natijalari haqida gaplasha olamiz.
Video elchixonaning facebook sahifasida joylashtirilgan: https://www.facebook.com/uzbekistan.embassy.singapore/