O‘zbekiston may oyigacha xalqaro transport aloqalarini to‘xtatdi
«O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishi oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi 2020 yilning 20 mart kunidan e'tiboran xalqaro yo‘nalishlarda avtobus, yengil avtomobil, temir yo‘l va havo transportlari orqali yo‘lovchi tashuvlari 40 kun muddatga to‘xtatilishini ma'lum qiladi.
Ushbu cheklov, avtomobil, avia, temir yo‘l, daryo transportlarida amalga oshirilayotgan yuk tashuvlari va tashqi savdo yuklariga nisbatan qo‘llanilmaydi», deyiladi vazirlik xabar.
Manba: kun.uz