Qaytish guvohnomasi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA QAYTISH GUVOHNOMASINI OLISH TARTIBI
O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi (bundan keyin - Sertifikat) O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari (bundan keyin - Konsullik muassasalari) tomonidan chet elda vaqtincha yashayotga va O‘zbekistonda doimiy ro‘xatda turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi yuq shaxslarga quyidagi holatlarda beriladi: shaxsini tasdiqlovchi hujjatini yuqotgan, hujjati yaroqsiz holga kelgan, muddati o‘tgan, hujjatning varaqlari tugagan, avval passport bilan rasmiylashtirilmagan fuqarolar.
Sertifikatni olish uchun arizachi Konsullik muassasasining veb-saytida shaxsni tasdiqlash haqidagi so‘rovnoma – arizasini to‘ldiradi va unga elektron fotosuratni biriktiradi.
Shaxsni tasdiqlash haqidagi so‘rovnoma - ariza O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligininig quyidagi interaktiv saytida ham to‘ldirilishi mumkin: consulate.mfa.uz
Sertifikatni olish uchun arizachi Konsullik muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
- qog‘ozda chop etilgan, arizachinig imzosi qo‘yilgan, bar-kodli ko‘rsatilgan elektron so‘rovnoma – arizasi, 3 nusxada;
- 2 dona rangli fotosurat (35х45mm);
- muddati o‘tgan, yaroqsiz holga kelgan, viza varaqlari tugagan shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
- shaxsni tasdiqlovchi hujjat yuqolganda - yuqolgan shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa ma’lumotnoma nusxasi va shaxsni tasdiqlovchi hujjat yuqolganligi haqida vakolatli idoralarning ma’lumotnomasi (imkoniyat darajasida);
- avval passport bilan rasmiylashtirilmagan fuqarolar uchun – Singapur TIVda legalizatsiya qilingan tug‘ilganlik haqida guvohnomasi (Avstraliya va Yangi Zelandiyada yashaydigan fuqarolar uchun apostil qilingan nusxasi) va ota-onasining pasportlaridan va nikoh tuzilganligi haqida guvohnomasidan nusxalar;
- konsullik to‘lovlari chiptasi.
* Doimiy yashash joyi bo’yicha pasport olish uchun murojaat qilingan vaqtda legalizatsiya qilingan (Avstraliya va Yangi Zelandiyada yashaydigan fuqarolar uchun apostil qilingan) tug’ilganlik haqida guvohnomasining asil nusxasi taqdim qilinishi kerakligini inobatga olishni so’rab qolamiz.
Arizachiga sertifikat O‘zbekiston Respublikasi vakolatli idoralari tomonidan uning shaxsi tasdiqlangandan so‘ng unga beriladi.
Sertifikat bir oydan uch oygacha muddatga beriladi. Sertifikatning muddati uzaytirilmaydi.
Sertifikat har bir kishiga alohida rasmiylashtiriladi. Sertifikatga bolalar yozilmaydi.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat yaroqsiz holga kelgan, muddati o‘tgan va viza varaqlari tugagan holda mazkur hujjat Konsullik muassasasiga topshirishi lozim.
Arizachi O‘bekistonga kelgandan so‘ng 30 kundan kech bo‘lmagan muddat ichida Sertifikatni doimiy yashash joyidagi ichki ishlar idoralariga pasport olish uchun topshirishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish uchun 50 AQSh dollari miqdoridagi konsullik to‘lovlari va 10 AQSh dollari miqdoridagi ma’muriy harajatlar olinadi. Bunda 16 yoshga to‘lmagan bolalar konsullik to‘lovlaridan ozod etiladi.
Quyidagi holatlar arizachiga Sertifikat berish rad etilishi mumkin:
- o‘zi yoki shaxsini tasdiqlovchi hujjatning yo‘qolganligi to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlar bersa;
- taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlat belgilangan talablarga mos kelmasa (hujjatlar etarli emas, so‘rovnoma – arizasidagi ma’lumotlar aniq va to‘liq emas);
- taqdim qilingan hujjatlardagi ma’lumotlar haqiqiy bo‘lmasa.