Vaqtinchalik konsullik ro’yxati
XORIJDA YASHAYOTGAN O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARI VA FUQAROLIGI BO`LMAGAN SHAXSLARNI VAQTINCHA KONSULLIK RO`YXATIGA INTERAKTIV KONSULLIK XIZMATLARI ELEKTRON TIZIMI ORQALI OLISHNING QADAMMA-QADAM TARTIBI
Xorijga xizmat safariga, o`qishga, davolanishga, ishga va o`z oilasi bilan birlashish uchun olti oydan ortiq muddatga chiqib ketgan va O`zbekistonda doimiy ro`yxatda O`zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar vaqtincha konsullik ro`yxatiga olinadilar.
1. O`zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni vaqtincha konsullik ro`yxatiga olish uchun ro`yxatga olish kartasi to`ldiriladi (elektron anketa shaklida);
2. Elektron anketaga ariza beruvchining fotosurati yuklanadi;
3. Elektron tarzda to`ldirilgan anketaga quyidagi hujjatlarning skanerlangan nusxalari ilova qilinadi:
- pasport (biometrik, nobiometrik namunadagi), xorijga chiqish biometrik pasporti yoki harakatlanish hujjati;
- 16 yoshga to`lmagan bolalarning tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomasi (biometrik pasport, nobiometrik pasport, xorijga chiqish biometrik pasporti va harakatlanish hujjati bo`lmaganda);
- ota-onasidan birining nobiometrik pasportidagi bola haqidagi ma`lumotlar kiritilgan sahifasi nusxasi (bola haqidagi ma`lumotlar ota-onasidan birining nobiometrik pasportiga kiritilgan holda xorijga chiqqan bo`lsa);
- O`zbekiston Respublikasi fuqarosi va fuqaroligi bo`lmagan shaxsning xorijiy davlat qonunchiligi talablariga muvofiq (viza, yashab turish hujjati, vaqtincha yashashga ruxsatnoma, pasportdagi tegishli qaydlar, ma`lumotnomalar va shu kabilar) bo`lib turishining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat;
- xorijga xizmat safariga chiqib ketgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar uchun buyruq yoki xizmat safari guvohnomasining nusxasi;
- xorijga o`qishga chiqib ketgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar uchun o`qish joyidan ma`lumotnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlar;
- xorijga davolanishga chiqib ketgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar uchun O`zbekiston Respublikasi yoki bo`lib turgan mamlakat tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan tibbiy hujjatlar (tibbiy ma`lumotnoma, tibbiy muassasa taklifnomasi va shu kabilar);
- xorijga ishlashga chiqib ketgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar uchun ish joyidan ma`lumotnoma yoki mehnat shartnomasidan nusxa;
- nikoh tuzilganligi to`g`risida guvohnomaning (oilasi bilan birlashish maqsadida xorijga chiqib ketgan fuqarolar uchun) hamda voyaga yetmagan bolalarning tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomalari (birgalikdagi nikohdan bolalar bo`lganda) nusxalari.
4. Elektron anketa to`ldirilganidan va kerakli hujjatlar biriktirilganidan so`ng, kodni tasdiqlab “yuborish” belgisini bosish va kompyuter ekranida PDF shaklida elektron anketa paydo bo`lishi bilan uni bosmalash kerak.
5. 3 kun ichida ariza beruvchiga vaqtincha ko`nsullik ro`yxatiga olinganlik to`g`risida xabarnoma yuboriladi va unda quyidagi ma`lumotlar mavjud buladi: shtrix-kod, ariza beruvchining to`liq ism-sharifi, konsullik ro`yxatining turi (vaqtincha), ro`yxatga olish raqami va sanasi, konsullik ro`yxatiga qabul qilgan xorijdagi muassasaning nomi.
6. Olingan xabarnomani bosmalab, pasportning ichida saqlash lozim.
7. Agar taqdim etilgan hujjatlar o`rnatilgan talablarga javob bermasa, ariza beruvchiga 3 kun ichida yetishmayotgan hujjatlarni yuborish yoki boshqa tegishli ma`lumot to`g`risida xabar keladi.
8. Anketaga imzo qo’yib, passport nusxasi (doimiy yashash joyi ko’rsatilgan varog’i) va rasm bilan Elchixona manziliga yuborishingizni so’raymiz.