Toshkent fond birjasining kapitallashuvi 5 mlrd dollardan oshdi
2020 yilning 10 oyi davomida "Toshkent" Respublika fond birjasidagi savdo yakunlariga ko'ra 96 ta kompaniyaning qimmatli qog'ozlari bilan 421,1 mlrd so'mlik 30,489 ta bitim qayd etildi. Qiyoslaydigan bo'lsak, 2019 yilning shu davrida 376,3 mlrd so'mlik 25 305 ta bitim amalga oshirilgan bo'lib, bitimlar soniga ko'ra 20,5% ga, pul hajmiga ko'ra esa 12% ga o'sganligini ko'rsatadi.
2020 yilning 10 oyi davomida 41 ta aksiyadorlik jamiyatning qimmatli qog'ozlari fond birjasi kotirovka varag'iga kiritilgan bo'lsa, 2019 yilning shu davrida atigi 23 ta emitent kiritilgan edi. 2020 yilning oktyabr oyi oxiri holatiga ko'ra, 133 ta aksiyadorlik jamiyatning qimmatli qog'ozlari birja savdo maydonchasida harakatlanmoqda, bu avvalgi yildan 25% ga ko'p demakdir.
2020 yilning 1 noyabr holatiga fond birjasining umumiy bozor kapitallashuvi 52,55 trln so'm yoki 5 mlrd AQSH dollaridan ortiqni tashkil etadi.