YUNISEF vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT Bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF)ning mamlakatimizdagi vakolatxonasi yangi rahbari Munir Mamedzadeni qabul qildi.
M.Mamedzade oʻzining ushbu lavozimga tayinlanishi toʻgʻrisidagi YUNISEF ijrochi direktori Henriyetta For xatini vazirga taqdim etdi.
Suhbat davomida Oʻzbekiston va YUNISEF oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni rivojlantirishning joriy holati va ustuvor yoʻnalishlari, xususan, bolalar huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan loyihalar haqida soʻz yuritildi.
Tomonlar oʻzlarini qiziqtirgan boshqa masalalar boʻyicha ham fikr almashdilar.

O'zA