Fitch Ratings Milliy bankka “Barqaror” prognozli “BB-” kredit reytingini berdi
2020-yilning 19-avgustida dunyoning yetakchi reyting agentliklaridan biri Fitch Ratings “Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” aksiyadorlik jamiyatiga “Barqaror” prognozli “BB-” uzoq muddatli kredit reytingini berdi.
Agentlik ekspertlari Oʻzbekistonning eng yirik banklaridan biri boʻlgan Milliy bankning tizimli ahamiyatini davlat tomonidan salmoqli yordam koʻrsatilayotganini, mamlakatda uzoq muddatli infratuzilmaviy loyihalarni va rivojlanish loyihalarini moliyalashda bankning strategik rolini, uning kuchli mijozlar bazasini, aktivlarning yuqori sifatini va yaxshi kapitallashuvini qayd etmoqda.
Oʻzbekiston milliy bankiga nufuzli agentlik tomonidan reyting baholarining berilishi uning yetakchilik sifatlari tan olinishi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha xizmatlar koʻrsatishda oʻzining barqaror pozitsiyasini saqlay olish layoqati shuningdek iqtisodiyotning strategik ahamiyatli tarmoqlari boʻyicha, shu jumladan, davlat ahamiyatiga ega vazifalarni hal qilish boʻyicha bank xizmatlarini koʻrsatishda bank tomonidan oqilona rivojlanish strategiyasi tanlanganidan dalolat beradi.
Maʼlumot uchun: Fitch Ratings – Moodyʻs va Standard & Poors bilan birga yetakchi xalqaro agentliklarning uchtaligiga kiradi. Unga 1913-yilda asos solingan boʻlib, qarorgohi Nyu-York (AQSH) da joylashgan.

Bank matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida