Markaziy Osiyo davlatlari ekspertlari uchrashuvi toʻgʻrisida
Markaziy Osiyo mamlakatlari Tashqi ishlar vazirliklari tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari darajasida navbatdagi ekspertlar uchrashuvi videokonferensiya shaklida boʻlib oʻtdi.
Muloqotda joriy yil Qirgʻizistonda boʻlib oʻtadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida qabul qilinishi rejalashtirilayotgan hujjatlar loyihalari batafsil koʻrib chiqilib, bildirilgan takliflar yuzasidan fikr almashildi.
OʻzA