Sud tizimi rivojlanishining yangi bosqichi
Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda sud-huquq tizimini yana-da takomillashtirish, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali taʼminlash, sudlar mustaqilligini amalda taʼminlash boʻyicha bir nechta Farmon va Qarorlari qabul qilindi.
Sud-huquq tizimini bosqichma-bosqich isloh qilish, 2017-2021-yillarga moʻljallangan Harakatlar strategiyasida ham belgilab qoʻyildi.
Biz bilamizki, sud tizimida avval sud hokimiyatining ikkita oliy organi, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudlari mavjud edi, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan Oliy xoʻjalik sudi tugatilib, sud hokimiyatining yagona oliy organi – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tuzildi hamda sudyalik lavozimiga muddatsiz davrga tayinlash (saylash) tartibi joriy etildi.
Fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yuksaltirish, ishlarni sudda koʻrish sifatini oshirish hamda xolis, adolatli va qonuniy sud qarorlarini qabul qilish uchun taraflarning tengligi va tortishuvchanligini amalda taʼminlash mexanizmlarini kengaytirish maqsadida, Prezidentimiz tomonidan 2020-yil
24-iyulda qabul qilingan “Sudlar faoliyatini yana-da takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni, sud-huquq tizimidagi islohotlarni davom ettirish yoʻlidagi yana bir muhim hujjat boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Farmonga koʻra, 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
- viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari boʻyicha, jinoyat ishlari boʻyicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qatʼiy ixtisoslashuvini saqlab qolgan va sud ishlarini yuritish turlari boʻyicha alohida sudlov hayʼatlarini tashkil etgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlarini tashkil etish;
- maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatini maʼmuriy sudlardan jinoyat ishlari boʻyicha sudlarga oʻtkazish;
- maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni koʻrishga ixtisoslashtirilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo maʼmuriy sudlarini tashkil etish, shu munosabat bilan tuman (shahar) maʼmuriy sudlarini tugatish. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari saqlab qolinishi;
- Amudaryo, Nurobod, Boysun va Pastdargʻom tumanlari iqtisodiy sudlarini tugatish;
- fuqarolik ishlari boʻyicha Yangiyoʻl tumanlararo sudini, fuqarolik ishlari boʻyicha Urgut, Soʻx, Xatirchi, Paxtakor tumanlari sudlarini, Pastdargʻom tumanlararo iqtisodiy sudini, jinoyat ishlari boʻyicha Boʻzatov, Taxiatosh, Bandixon, Tuproqqalʼa tumanlari sudlarini tashkil etish;
Shuningdek, Farmon bilan sud ishlarini nazorat tartibida koʻrish institutini tugatish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ular oʻrinbosarlarini sudning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari hamda qarorlarini ustidan nazorat tartibida protest kiritish huquqini bekor qilish;
- Jinoyat ishlarini sudda koʻrish uchun tayinlash bosqichida ish yuzasidan qarorlarni tortishuv tamoyiliga rioya etgan holda taraflar ishtirokida qabul qilish tartibini belgilash, jinoyat ishini umumiy tartibda koʻrib chiqilishiga toʻsqinlik qiluvchi omillarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etish imkonini beruvchi dastlabki eshituv bosqichini kiritish haqidagi taklif ham maʼqullandi.
Endilikda, 2020-yil 1-noyabrga qadar yangi tahrirdagi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun kiritish belgilandi.
Farmonga asosan, qabul qilinadigan yangi qonunlar sud himoyasini taʼminlashdagi ortiqcha byurokratik toʻsiqlar olib tashlash, sud qarorlarini qayta koʻrishning bir-birini takrorlovchi bosqichlaridan voz kechish, investorlar huquqlarini sud himoyasida boʻlishini taʼminlash va sud organlarining amaldagi tuzilishini zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiq boʻlishiga xizmat qiladi.

Jahongir KARIMOV,
Jinoyat ishlari boʻyicha
Karmana tuman sudining raisi.
OʻzA