Sudda ishlarni ikki bosqichda koʻrish amaliyotiga barham beriladi
Prezidentimiz oʻtgan haftada “Sudlar faoliyatini yana-da takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.
Xoʻsh, ushbu hujjatning qabul qilinishiga qanday hayotiy zarurat bor edi?
Qayd etish kerak, ushbu farmon qabul qilingunga qadar Oliy Majlis huzuridagi Sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashga qoʻmaklashuvchi komissiya tomonidan tuzilgan ishchi guruh aʼzolari joylarga chiqib, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash borasida muammolarni tahlil qilib, joylardagi ahvolni koʻzdan kechirdi. Sud tizimi xodimlari bilan uchrashuvlar oʻtkazish bilan birga, aholi, jamoatchilik vakillari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda sektorlar rahbarlari bilan ham suhbatlashib, bu boradagi mavjud kamchiliklarni bartaraf qilishga qaratilgan fikr va takliflar olindi.
Shu asnoda ishchi guruh sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash borasida oʻz yechimini kutayotgan bir qator muammolar borligiga guvoh boʻldi. Xususan, sud xodimlarini oʻz vazifalari bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga jalb qilish, aholi bilan muloqot qilish boʻyicha axborot xizmati mavjud emasligi, sudda ishni koʻrib chiqish va ish yurituviga axborot-kommunikatsiya tizimini kengroq joriy qilish kerakligi, sud tizimi moddiy-texnik taʼminotidagi muammolar aniqlanib, ularni bartaraf qilish borasida tegishli takliflar tayyorlandi. Eng asosiy eʼtibor – aholining sud tizimiga ishonchi ortishi uchun toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va ularni bartaraf qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqishga qaratildi.
Endilikda farmon bilan yuqorida qayd etilgan muammo va kamchiliklarning aniq yechimiga qaratilgan huquqiy mexanizmlar yaratib berilmoqda. Xususan, ushbu hujjat bilan ortiqcha sud bosqichlarini bekor qilish orqali sud tizimiga “bir sud – bir instansiya” tamoyilini joriy etish belgilandi. Yaʼni sud ishlarini nazorat tartibida koʻrish instituti tugatiladi hamda bir sudda ishlarni ikki bosqichda (birinchi hamda apellyatsiya yoki kassatsiya) koʻrish amaliyotiga barham berilmoqda.
Bu ayni muddao boʻldi. Sababi, avval sud ishlarini qayta koʻrish boʻyicha sud instansiyalarining koʻpligi natijasida fuqarolar sudda koʻrilgan ishlar boʻyicha qayta-qayta bir nechta sud instansiyalariga qatnab, vaqt va mablagʻlarini sarf qilib sarson boʻlayotgan holatlari ham kuzatilgan edi.
Shu bilan birga, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari arzimagan vaj bilan Oliy sud tomonidan nazorat tartibida qayta koʻrib, bekor qilingan holatlar uchrardi. Bu sud hujjati ijrosini taʼminlash bilan bogʻliq jarayonda chalkashlikka olib kelishi bilan birga, fuqarolarning sud tizimiga boʻlgan ishonchi pasayishi va haqli eʼtirozlariga sabab boʻlayotgan edi.
Shuningdek, yuqoridagi holatlar natijasida ayrim hollarda bitta mazmundagi sud ishlari bir necha yillab, kerak boʻlsa oʻn yillab qayta-qayta koʻrib chiqilgan. Yakuniy toʻxtamga keluvchi sud qarori qabul qilinmayotganligi haqida fuqarolardan koʻplab shikoyatlar kelib tushayotgan edi.
Raqamlarga eʼtibor qaratsak, 2019-yilning oʻzida ayni bir viloyat sudida birinchi va apellyatsiya (kassatsiya) instansiyasida koʻrilgan ishlarning 13 mingga yaqini Oliy sudda oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan. Bu raqamlarning ortida qancha vaqt va mablagʻ sarflanganini tasavvur qilib koʻring.
Shu bilan birga, BMT maxsus maʼruzachisi Diyego Garsiya-Sayyan, Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro ekspertlar sud tizimida nazorat instansiyasi mavjudligini jiddiy tanqid qilgandi.
Axir, sudga najot, adolatli yechimni istab kelgan fuqaroning daʼvosi boʻyicha sudda aniq huquqiy yechim topilsagina hamda sudning qarori “oʻzgaruvchanlik xususiyati”ga ega boʻlmasagina sud tizimiga boʻlgan ishonch va hurmat oshishi mumkin.
Shundan kelib chiqib, har bir sud instansiyasida koʻriladigan ishlar boʻyicha sudyalarning masʼullik va javobgarlik hissini oshirish va keyinchalik bekor boʻlmaydigan va oʻzgartirilmaydigan sud qarorini qabul qilish tizimini yana-da rivojlantirish kerak boʻladi. Chunonchi, buning uchun sudya sud qaror qabul qilishda faqat va faqatgina qonunga tayanish amaliyotini yana takomillashtirish lozim.
Xulosa qilib aytganda, farmon ijrosining toʻgʻri va sifatli tashkil qilinishi sud hokimiyatining yana-da mustaqilligi taʼminlanishiga va aholining sud tizimga boʻlgan ishonchi ortishiga xizmat qiladi.

Dilmurod ISMOILOV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.
OʻzA