Oʻzbekiston delegatsiyasi Moliyaviy razvedka boʻlinmalari rahbarlari kengashi yigʻilishida ishtirok etdi
MDHga aʼzo davlatlar Moliyaviy razvedka boʻlinmalari rahbarlari kengashining 15-yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi - Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti vakillari ishtirok etdi.
Videoanjuman shaklida tashkil etilgan yigʻilishda Kengashga aʼzo davlatlar (Oʻzbekiston, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston) delegatsiyalari hamda MDH Ijroiya qoʻmitasi va Moliyaviy monitoring boʻyicha xalqaro oʻquv-metodik markazi vakillari qatnashdi.
Kun tartibiga muvofiq, delegatsiyalar tomonidan Yevroosiyo mintaqasida jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq muhim masalalar, shuningdek mazkur sohadagi milliy tizimlarni mustahkamlash maqsadida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan choralar muhokama qilindi.
Jumladan, kun tartibidagi asosiy masalalardan biri jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish xatarini baholash boʻyicha xalqaro markazni yaratish loyihasi boʻldi.

Ushbu markazga huquqiy maqom berish hamda Kengashga aʼzo davlatlarning ushbu loyiha doirasida oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Kengash yigʻilishi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tashabbus qilingan kriptovalyuta aylanmasi yuzasidan oʻtkazilgan tahliliy tadqiqot natijalari tasdiqlandi.
Bundan tashqari, yigʻilish ishtirokchilari kriptovalyuta tizimida kriminogen vaziyatni monitoring qilish boʻyicha ishlarni amalga oshirishga kelishib oldilar. Yigʻilish doirasida delegatsiyalar tomonidan Kengash va uning ishchi guruhlari faoliyati bilan bogʻliq masalalar ham koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining bu kabi xalqaro tadbirlarda ishtirok etishi jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi milliy tizim salohiyatining oshishiga, xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning kuchayishiga xizmat qiladi.

OʻzA