“Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi ikki yoshda
Yoshlar tadbirkorligini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularni biznes bilan shugʻullanishga faol jalb qilish uchun shart-sharoitlar, ish oʻrinlari yaratish va yigit-qizlar bandligini taʼminlash maqsadida 2018-yil 27-iyun kuni davlatimiz rahbarining “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilingan edi.
Farmon bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzurida “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi, shuningdek, uning tuman va shahar filiallari tashkil etildi.
Poytaxtimizdagi Yoshlar press-klubida joriy yil 27-iyun kuni Jamgʻarma faoliyatining ikki yilligi munosabati bilan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Farmonga koʻra, tijorat banklari orqali yigit-qizlarning biznes tashabbuslari, startaplari, gʻoyalari va loyihalarini amalga oshirish uchun 2019-yil 31-dekabrga qadar yillik 7 foizda, 2020-yil 1-yanvardan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan esa tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda kredit va mol-mulkni lizingga berish rejalashtirilgan edi.
– Mazkur farmon ijrosini taʼminlash maqsadida bugungi kunga qadar yosh tadbirkorlarning 7 ming 690 ta biznes loyihasiga jami 1 trillion 614 milliard soʻm miqdorida imtiyozli kredit mablagʻlari ajratish orqali 39 ming 577 ta yangi ish oʻrni yaratildi, – dedi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori Xayrulla Sattorov. – Davlat dasturi doirasida ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi sohalariga oid loyihalar moliyalashtirildi. Kredit olib faoliyatini yoʻlga qoʻygan yosh tadbirkorlar tomonidan 1,5 million dollar miqdoridagi mahsulotlar eksport qilindi.
Anjumanda jamgʻarmaning kelgusidagi maqsad va vazifalari yuzasidan maʼlumot berildi. Jumladan, jamgʻarma mablagʻlari hisobidan startap loyihalarga grant ajratiladi. Bu borada Andijon viloyatida yoshlarning startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun 2 milliard soʻm grant mablagʻi ajratildi. Bundan tashqari, “Startap tashabbuslar” dasturini amalga oshirish uchun 1 milliard soʻm miqdorida grant mablagʻi yoʻnaltirildi.
Shuningdek, jamgʻarma hisobidan koʻp tarmoqli “Yosh tadbirkorlar” texnologik parklarini tashkil etish rejalashtirilgan. Mazkur texnoparklarda yoshlarning biznes oʻquv maktablari tashkil etiladi hamda mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarning yangi turlarini ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalar amalga oshiriladi. Bugungi kunda Jizzax viloyatining Doʻstlik, Sharof Rashidov, Zomin tumanlarida texnoparklarni qurish ishlari boshlangan.
Yosh tadbirkorlarni oʻqitish uchun chet el va mamlakatimizda tadbirkorlik sohasida yuqori malakaga ega biznes trenerlar, yirik kompaniyalar asoschilari boʻlgan mutaxassislarni jalb etgan holda muntazam bepul biznes oʻquvlari tashkil etiladi.
Mahalliy tadbirkorlarni chet eldagi biznes vakillari bilan oʻzaro tajriba almashinuvini tashkil etishga koʻmaklashish maqsadida yurtimizda Xalqaro yosh tadbirkorlar biznes forumini tashkil etish rejalashtirilgan.
Bugungi pandemiya sharoitida yoshlarning tadbirkorlik koʻnikmalarini masofaviy oʻstirish maqsadida bizneskurs.uz onlayn platformasi faoliyati tashkil etiladi. Ushbu platformada tajribali biznes trenerlarning biznes kurslari joylashtirib boriladi.
Bilimli, salohiyatli, oʻzining noyob gʻoyalariga ega boʻlgan, biroq hayotda oʻz oʻrnini topa olmayotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, kambagʻallikni qisqartirish maqsadida “My Business” realiti-shousi tashkil etiladi.
– Bir yarim yil avval oʻz biznesimni boshlash uchun kredit olish maqsadida bir necha banklarga murojaat qildim, lekin ularning yillik foiz stavkasi juda yuqori edi, – dedi “Toshkent tekstil” oilaviy korxonasi rahbari Muzaffar Mahkamov. – “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi haqida eshitib, ularga biznes loyihamni aytdim. Tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish niyatida jamgʻarmadan yillik 7 foiz stavkada 70 million soʻm kredit olib, tikuv mashinalari oldim. Bugungi kunda yurtimizning eng oldi tadbirkorlari bilan hamkorlikda erkaklar kiyimini ishlab chiqarib, ichki bozorga sotayapmiz. Kelajakda faoliyatimni kengaytirib, mahsulotimizni xorijga eksport qilmoqchiman.
Matbuot anjumanida “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi faoliyatiga ikki yil boʻlgani hamda 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan jurnalistlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Xurshid QODIROV, OʻzA