Saxovat va koʻmak burchagi
Koronavirus pandemiyasi barcha davlatlar iqtisodiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Pandemiya davrida mamlakatimizda aholi bandligini taʼminlash va muhtoj oilalarni ijtimoiy himoyalash borasida zarur choralar koʻrilmoqda.
Xususan, muhtaram Yurtboshimiz tomonidan xalqimizning tarixiy va maʼnaviy qadriyatlarini, mehr-saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarini inobatga olgan holda, “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatini yoʻlga qoʻyish tashabbusi ilgari surildi. Bu tashabbus xalqimiz, jamoatchiligimiz tomonidan koʻtarinki ruhda va qizgʻin kutib olindi.
Navoiy viloyatida ishsiz qolgan hamda ehtiyojmand aholini nomma-nom aniqlab, shakllantirilgan roʻyxatlar asosida “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasidagi ishlar manzilli yoʻlga qoʻyilmoqda.

Navoiy shahrida ham Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi qoshida “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi tuzilib, bu jamgʻarmaga kelib tushgan mablagʻlar koronavirus pandemiyasi va karantin davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj, koʻp farzandli oilalarga, nogironligi boʻlgan shaxslarga va yolgʻiz qariyalarga, oʻz daromadini yoʻqotgan vaqtincha ishsiz boʻlgan jismoniy shaxslarga yordam berishga yoʻnaltirilmoqda.
Ayni paytda Navoiy shahri mahallalari kesimida 1181 ta kambagʻal oilalar aniqlanib, ularga ixtiyoriy yordam berish tashabbusi bilan chiqqan saxovatpesha tadbirkorlar biriktirildi.
Shahardagi 10 yirik savdo majmuasi, “Saxovat” bozori masʼuliyati cheklangan jamiyati savdo nuqtalari hamda shahardagi mavjud 31 ta mahalla fuqarolar yigʻinidagi bittadan savdo doʻkonlarida “Saxovat va koʻmak burchagi” tashkil etildi.
“Imkoniyatingiz boʻlsa qoʻying, zaruriyat boʻlsa oling” hamda “Barchamiz savob ish qilishga haqlimiz” shiorlari ostida tashkil etilgan ushbu burchaklarda saxovatpesha insonlar oziq-ovqat mahsulotlarini qoʻyishlari, zarurati bor yurtdoshlarimiz esa ulardan bepul olish imkoniyati yaratildi.
Zero, Prezidentimiz tomonidan eʼtirof etilgan ulugʻ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy bobomizning “Saxovatli insonning boshiga jannat daraxtlari soya soladi” hamda muqaddas kitoblarimizdagi “Yaxshilikning mukofoti – faqat yaxshilikdir”, degan soʻzlar xalqimizni hamjihatlik va birdamlikka undamoqda.
Nuriddin RAHIMOV, OʻzA