Eksportchilar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash Respublika shtabining faoliyati to‘g‘risida tezkor ma’lumot
Joriy yilning 16 martidan boshlab Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida koronavirus pandimiyasining salbiy oqibatlari tufayli korxonalar duch kelayotgan muammolarni tezkor aniqlash va ularni hal qilish orqali eksportchilar hamda tadbirkorlarning barqaror faoliyatini ta’minlash bo‘yicha eksportchilar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash Respublika shtabi faoliyat ko‘rsatmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri ITSV manbasiga asoslanib.
2020-yilning 22-may holatiga ko‘ra shtabga, kredit resurslarini ajratish, mavjud kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarini uzaytirish, ilgari to‘langan QQS miqdorlarini tezkor ravishda qaytarish, texnologik uskunalarni o‘rnatish va ishga tushirish uchun chet ellik mutaxassislarni jalb qilish, bojxona hujjatlarini tayyorlashda yordam berish, transport vositalarini karantin sharoitida mamlakat bo‘ylab harakatlanishiga ruxsat berish, yangi xorijiy hamkorlar va mijozlarni qidirish hamda xalqaro sertifikatlarni olish bo‘yicha 505 ta murojaat kelib tushdi.
Shtab tomonidan 413 ta murojaat bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi. Natijada barcha masalalar tegishli davlat organlari va tijorat banklarini jalb qilgan holda tezkorlik bilan hal etildi. Hozirgi vaqtda 92 ta ariza ko‘rib chiqilmoqda.
Eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalardan eksport faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi masalalar va muammolarni hal etilishi zarur bo‘lgan hollarda tegishli shtablarga murojaat qilish so‘raladi.
Aloqa uchun telefon raqamlari:
a) Respublika shtabi:
Ishonch telefoni: 71 238 52 52
Elektron manzil: info@mift.uz
b) Hududiy shtablar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 61 222 77 71;
Andijon viloyati – 74 223 24 29;
Buxoro viloyati – 65 221 55 53, 65 221 54 91;
Jizzax viloyati – 72 226 56 27;
Qashqadaryo viloyati – 75 221 08 45;
Navoiy viloyati – 79 223 72 75;
Namangan viloyati – 69 227 79 75;
Samarqand viloyati – 66 230 48 52, 66 230 48 48, 66 230 48 41;
Surxondaryo viloyati – 76 223 31 14;
Sirdaryo viloyati – – 67 225 36 65, 67 225 12 01;
Toshkent viloyati – 99 314 93 53;
Farg‘ona viloyati – 95 402 60 20, 95 402 60 30;
Xorazm viloyati – 62 223 15 28;
Toshkent shahri – 71 210 03 23.