Xalq tarixi va madaniyati jamlangan maskan
Dastlabki koʻrgazmasi 1929-yilda Toʻrtkoʻl shahrida tashkil etilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi mana 90 yildan buyon qoraqalpoq xalqining boy tarixi va sanʼatini, oʻlkamiz flora va faunasini aks ettiruvchi eksponatlarni keng ommaga namoyish etib kelmoqda.
Oʻz faoliyatini 20 ta eksponat bilan boshlagan muzey kolleksiyasi bugungi kunga kelib 80 ming 754 donaga yetdi. Shundan 400 dan ziyodi noyob eksponat hisoblanadi. Muzey fondida zargarlik, arxeologiya, hunarmandchilik, amaliy sanʼat, tabiat, XX asrga tegishli boʻlgan maʼlumotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tasviriy sanʼati rivojiga hissa qoʻshgan, shuningdek, Orolboʻyida ijod qilgan rassomlarning tasviriy sanʼat asarlari saqlanadi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Orolboʻyida madaniyat, adabiyot, sanʼat sohalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligi arafasida qator ijtimoiy soha obyektlari bilan bir qatorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi yangi binosining foydalanishga topshirilishi ajoyib tuhfa boʻldi. Milliy meʼmorchilik namunasi asosida qurilgan binoda barcha sharoitlar mavjud.
Bu bejiz emas albatta. Chunki, muzeylar har bir xalqning oʻtmishidan bugungi kunigacha saqlanib kelinayotgan shajarasi hisoblanadi. Ular orqali xalqning tarixini, davr ruhini his qilishimiz mumkin. Yoshlarni ona Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga, urf-odat va anʼanalarimizga hurmat ruhida tarbiyalashdagi oʻrni beqiyosdir.
Xalqimizning tarixini, sanʼat asarlarini oʻzida jamlab, deyarli 90 yildan buyon beminnat xizmat qilib kelayotgan Qoraqalpoq davlat oʻlkashunoslik muzeyiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi “2017-2018-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi nomi berildi. Shuningdek ushbu qaror asosida Moʻynoq tumani “Ekologiya” va Ellikqalʼa tumani “Arxeologiya” muzeylari muzey filiallariga aylantirildi.
– Bugungi kunda etnografiya, tabiat va arxeologiya, yangi tarix boʻlimlari faoliyat yuritib kelmoqda – deydi muzey direktori oʻrinbosari Seniya Baybosinova. – Yangi bino ishga tushirilishi munosabati bilan muzey faoliyatini targʻib etish, chet ellik sayyohlarni keng jalb qilish maqsadida “Turizm va marketing”, “Reklama va axborot agentligi” boʻlimlari ishga tushirildi.
Joriy yil 1 choragida 28 ta statsionar va koʻchma koʻrgazmalar tashkil etildi. Hozirda COVID-19 pandemiyasi sababli karantin davrida onlayn dastur tizimi ishga tushirildi. Muzeyning internet tarmoqlaridagi sahifalarida bu yerda saqlanayotgan eksponatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritib borilmoqda. Shuningdek, tomoshabinlar uchun videoroliklar orqali muzeyga virtual sayohat qilish imkoni yaratilgan.

Dovud ABIBULLAYEV, OʻzA