Baxaruddin Zulkifli: O'zbekistondagi islohotlarning samaralarini ko'rib turibmiz
Toshkentda o'tgan avvalgi forumlarda, shuningdek, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil yanvar oyida Singapurga tashrifi doirasida o'tkazilgan biznes-forumda ishtirok etganman. Ana shu forumlarda erishilgan kelishuvlar hayotga tatbiq etilayotgani, belgilangan maqsadlarga erishilayotgani va o'zaro hamkorlik ko'lami kengayayotganini ko'rib turibmiz.
Bugun O'zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish sohasidagi muhim o'zgarishlarning guvohi bo'lganimdan xursandman. Darhaqiqat, ular aniq natijalarga erishishga qaratilgan va bu natijalar ifodalaridan biri O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan Singapur kompaniyalari sonining ko'payishi bo'ldi, desam mubolag'a bo'lmaydi.