O'zbekiston mutaxassislari Singapurning qurilish sohasidagi ilg'or tajribasini o'rgandi
Safar davomida o'tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvlar, shaharsozlik va qurilishdagi mahalliy mutaxassislar bilan bo'lib o'tgan muloqotlar Singapurning qurilish sohasidagi yutuqlarini chuqurroq o'rganishga imkon berdi.
Jumladan, Singapurning qurilish sohasidagi asosiy yutuqlaridan biri - bu ulkan shaharlarda kam joy egallagan holda ko'p funksionalli binolarni qurish qobiliyatidir. Ushbu yondashuv sifatli materiallardan foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarni integratsiyalash va atrof-muhitga zararsiz qurilish tajribalarini ommalashtirishni qamrab olgan. Shuningdek, Singapurda qurilish loyihalarini boshqarish uchun raqamli texnologiyalardan keng foydalaniladi, bu esa loyihalash vaqtini qisqartirish va xatolarni kamaytirish imkonini beradi.
Singapurlik hamkasblar bilan muzokaralar chog'ida hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.