Partiya rahbarlari YeOOI bilan hamkorlik bo‘yicha fikrlarini bildirishdi
28 aprel kuni Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga “kuzatuvchi” bo‘lib kirishi uchun ovoz berdi. Partiya fraksiyalari rahbarlari ushbu masalaga o‘z munosabatlarini bildirdi.
28 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga “kuzatuvchi” bo‘lib kirishi uchun ovoz berishdi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, 86 ta rozi, 32 ta qarshi, 14 ta betaraf ovozlar qayd etilgan. 1 nafar deputat ovoz bermagan. Qolganlar ovoz berishda qatnashishmagan.
Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullangan qaror endilikda Senat a’zolari ko‘rib chiqishi yuborilgan.
Yig‘ilishda partiya fraksiya rahbarlari so‘zga chiqib, fraksiyalarning ushbu masala bo‘yicha partiya pozitsiyalarini e’lon qilishdi.