O'zbekiston Evrosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi
O'zbekiston parlamentining Qonunchilik palatasi 2020 yil 28 aprelda Hukumatning O'zbekistonning Evrosiyo iqtisodiy ittifoqida (EEI) kuzatuvchi sifatida ishtirok etish to'g'risidagi taklifini ma'qulladi.
Deputatlar O'zbekistonning Evrosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi davlat sifatida qatnashishini "maqsadga muvofiq" deb topdilar.
Evrosiyo iqtisodiy ittifoqiga Rossiya, Armaniston, Belorusiya, Qirg'iziston va Qozog'iston kiradi. Moldova kuzatuvchi maqomiga ega. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, O'zbekistonning EEI bilan hamkorligi tashqi savdo hajmini oshiradi va iqtisodiyot tarmoqlarida raqobatbardoshlikni oshiradi, va xorijiy mamlakatlarda mehnat faoliyati bilan shug'ullanayotgan vatandoshlarimizning huquqlarini himoya qilishda ko'makchi bo'ladi.
Ushbu hamkorlik natijasida eksportga yo'naltirilgan qiymatga ega mahsulotlar narxlari 1,6 milliard dollarga ko'payishi, temir yo'l transporti xarajatlari 220 million dollarga kamayishi va mehnat muhojirlarining daromadlari 15-20 foizga oshishi kutilmoqda.
Qishloq xo'jaligida bojxona tartib-qoidalarini soddalashtirish tufayli, O'zbekistondan EEIga a'zo mamlakatlarga meva va sabzavotlarni yetkazib berish hajmi oshadi.
Shuningdek, xalqaro tashish tartiblari soddalashtiriladi, yo'lovchilar, tovarlar va transport vositalarining erkin harakati ta'minlanadi.
Shu bilan birga, EEI bilan o'zaro ta'sir mamlakatning ayrim tarmoqlarida ishlab chiqarishda ish o'rinlarining qisman yo'qolishi, investitsion faollikning pasayishi va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sur'atlarini pasayishiga olib keladi.
Prognozlarga ko'ra, hamkorlik tashqi savdo va to'lov balansiga, shuningdek milliy valyutaning barqarorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.