Italiya Prezidenti Xorazmda
![](http://singapore.mfa.uz/uploads/paHQLQlrC82fSJnu61L1AkCfeTO7VXdC.jpg)
Mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella va uning qizi Laura Mattarella bugun Xorazmga keldi.
Urganch xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva, Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov hamda Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov kutib oldi.
Italiya Prezidenti Xivadagi “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasining tarixiy-madaniy yodgorliklari bilan tanishishi ko‘zda tutilgan.
Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov(surat), O‘zA muxbirlari