Pandemiyaning salbiy oqibatlariga qarshi kurashish uchun grantlar jalb qilish choralari belgilandi
“Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, byudjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablagʻlarini jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Koronavirus global pandemiyasining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish chora-tadbirlari uchun grantlar va uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishni jalb qilish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.
Shuningdek, qaror bilan grantlar va uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishni jalb qilish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh tarkibi tasdiqlandi va uning eng muhim vazifalari belgilandi.
Yoʻl xaritasidagi chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan tovarlar va xizmatlar xarid qilishning jadallashtirilgan mexanizmlarini amaliyotga joriy etish muvofiqlashtiruvchi guruhning vazifalaridan hisoblanadi.
Qaror bilan qator vazirliklar qarz mablagʻlarini jadal jalb qilish, ulardan samarali va maqsadli foydalanish yuzasidan masʼul ijro etuvchi agentliklar etib belgilandi.
O'zA