Bolgariya Respublikasi Prezidenti O‘zbekistonga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev 9 iyun kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
Toshkent shahri xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 10 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Tashrif dasturiga muvofiq, ikki mamlakat yetakchilarining muzokaralari, rasmiy va ishbilarmonlik tadbirlari o‘tkazilishi, qator ikki tomonlama bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va Bolgariya Prezidentlari o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirish, shu jumladan, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, agrosanoat majmui, farmatsevtika tarmog‘i, konchilik, raqamlashtirish sohalarida kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, turizm va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqadilar.
Bolgariya Prezidenti IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.
I.AVVALBOEV, N.HAYDAROV(surat), O‘zA