Singapurda "Uzbekistan Tech & Services Conference" ixtisoslashgan tadbiri va biznes-forumi bo'lib o'tdi

Singapurda "Uzbekistan Tech & Services Conference" ixtisoslashgan tadbiri va biznes-forumi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Tadbir "IT Park Uzbekistan", mamlakatimiz elchixonasi, "Enterprise Singapore" davlat agentligi va "Singapore Business Federation" hamkorligida uyushtirildi.
Ushbu anjuman ikki mamlakat o'rtasidagi axborot texnologiyalari, raqamli xizmatlar va startaplar sohalarida hamkorlikni yana-da rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda IT ekotizimlar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni o'rnatish maqsadida o'tkazildi.
Unda Singapurning yetakchi texnologik kompaniyalari, venchur jamg'armalari, autsorsing xizmatlari sohasida faoliyat yurituvchi korxonalar vakillari qatnashdi.
Yig'ilganlarga O'zbekistonning raqamli infratuzilmasi, investitsiyaviy imtiyozlar hamda startaplar uchun yaratilgan qulay muhit, shunindek, aniq investitsiyaviy loyihalar haqida ma'lumot berildi.
Singapurning "BIPO", "S.E.A Business Center", "Vistra", "Singapore Cooperation Enterprise" (SCE) kabi nufuzli kompaniya va tashkilotlar vakillari O'zbekiston bilan hamkorlik bo'yicha aniq rejalari haqida to'xtalib o'tishdi. bildirdilar. Shuningdek, ular O'zbekistonda IT-infratuzilma, autsorsing xizmatlari va kadrlar tayyorlash sohalarida qo'shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Forum yakunida "IT Park Uzbekistan" va singapurlik kompaniyalar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqalar yo'lga qo'yildi.