Farg'onada Singapur kompaniyasi ishtirokida ijtimoiy soha obyektlariga muqobil energiya manbalari joriy etiladi

Farg'ona viloyati hokimligida Singapurning "Watchman Group Pte., Ltd" kompaniyasining O'zbekistondagi ijrochi direktori Jemis Xiani bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Viloyat hokimligi ma'lumotiga ko'ra, uchrashuvda hududdagi ijtimoiy soha obyektlariga muqobil energiya manbalarini joriy etish loyihasining amaliy bosqichiga o'tish masalasi muhokama qilindi.
May oyi yakuniga qadar tanlab olingan dastlabki obyektlarda namunaviy tarzda loyiha ishlari amalga oshirilishi ma'lum qilindi. Ikki tomonlama manfaatli loyihaning iqtisodiy ahamiyati yuzasidan ham fikr almashildi.
Muloqot davomida, shuningdek, "Watchman Group Pte., Ltd" kompaniyasi ishtirokida Farg'onada istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, investorlarni keng jalb etish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo'yicha aniq takliflar bildirildi. Takliflar doirasida hamkorlikni yana-da jadallashtirish chora-tadbirlari kelishib olindi.