19 aprel kuni Singapurda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz bilan birgalikda Navro‘z bahor bayramini nishonladik.

19 aprel kuni Singapurda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz bilan birgalikda Navro‘z bahor bayramini nishonladik.
Tadbirga ko‘plab vatandoshlarimiz milliy o‘zbekona kiyimida kelib, farzandlarini ham olib kelishdi, ishtirokchilar o'zlari tayyorlagan o'zbek milliy taomlaridan bahramand bo'ldilar.
Tadbir ishtirokchilari turli tanlov va viktorinalarda qatnashib, o‘zbek adabiyoti va san’ati, xalq an’analariga oid chuqur bilimlarini namoyish etdilar. Shuningdek ular o‘zbek xalq raqslarini ijro etishda ham o‘z mahoratlarini ko’rsatdilar.
Bunday uchrashuvlarni muntazam ravishda o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.