2020-yil mart-aprel oylarida qatnovlarning bekor qilinishi
Hurmatli yo'lovchilar!
Dunyoda rivojlanayotgan epidemiologik vaziyat va Uzbekistan Airways aviakompaniyasining qatnovlari amalga oshirilayotgan davlat organlari darajasida joriy etilayotgan cheklovlar, shuningdek, havo qatnovlariga bo'lgan talabning keskin pasayishi munosabati bilan aviakompaniya 2020-yilning mart-aprel oylarida amaldagi parvozlar jadvaliga vaqtinchalik o'zgartirishlar kiritishga majbur bo'ldi.
O'zgartirishlar Uzbekistan Airwaysning quyidagi shaharlarga bo'lgan qatnovlarga tegishli:
1. London — HY201/202 qatnovlari 2020-yil 14-martdan aprelgacha vaqtincha bekor qilindi;
2. Parij — HY251/252 qatnovlari 2020-yil 14-martdan aprelgacha vaqtincha bekor qilindi;
3. Amritsar — HY421/422, HY441/442, HY443/444 qatnovlari 2020-yil 18-martdan bekor qilindi;
4. Deli — HY425/426 qatnovlari 2020-yil 20-martdan aprelgacha chorshanba va payshanba kunlari, hamda yakshanba va dushanba kunlari faqat kechqurun amalga oshiriladi;
— 2020-yil 20-martdan aprelgacha HY421/422 va HY423/424 qatnovlari bekor qilindi;
5. Mumbay — 2020-yil 20-martdan aprelgacha HY427/428 qatnovlari bekor qilindi;
6. Jakarta — 2020-yil 25-martdan aprelgacha HY541/542 qatnovlari bekor qilindi;
7. Kuala-Lumpur — HY553/554 qatnovlari bekor qilindi;
— HY551/552 qatnovlari 2020-yil 25-mart kuni bekor qilindi,
— HY551/552 qatnovlari 2020-yil 1-20 aprel kunlari faqat chorshanba kunlari amalga oshiriladi;
8. Bangkok — HY531/532 qatnovlari 2020-yilning mart oyida faqat 16, 19 va 26-mart kunlari amalga oshiriladi;
— HY533/534 qatnovlari 2020-yil mart oyida faqat 18, 21 va 28-mart kunlari amalga oshiriladi;
— 2020-yil aprel oyida HY531/532 qatnovlari bekor qilindi;
— HY533/534 qatnovlari 2020-yil aprel oyida faqat chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi;
9. Tel-Aviv — HY303/304 qatnovlari 2020-yil 14 martdan aprelgacha bekor qilindi;
— HY301/302 qatnovlari 2020-yil mart oyida faqat 19 va 26-mart kunlari amalga oshiriladi
— 2020-yil aprel oyida HY301/302 qatnovlari bekor qilindi;
Sayohatni yoki O'zbekiston Respublikasiga qaytishni rejalashtirish jarayonida sizning aviachiptangizda ko'rsatilgan qatnovning bajarilishi to'g'risidagi ma'lumotlarni, shuningdek, borayotgan mamlakatlarga kirish qoidalari va cheklovlari, shu jumladan karantin talablari bilan bizning uzairways.com saytimizda yoki +998781400200 raqami orqali aviakompaniyaning Yagona aloqa markazida va belgilangan mamlakatlarning Tashqi ishlar vazirliklari saytlarida diqqat bilan tanishib chiqishingizni so'raymiz.
Sizga shuni ma'lum qilamizki, yuqorida ko'rsatilgan yo'nalishlar bo'yicha bekor qilingan qatnovlarning yo'lovchilariga aviachiptalarni qaytarish yoki boshqa sanalarga qayta bronlash qo'shimcha haq va jarimalarsiz amalga oshiriladi.
Shu bilan birga aviakompaniyaning Yagona aloqa markazi ish bilan yuklangani sababli, liniyada bo'lgan navbatda uzoq kutib qolish ehtimoli haqida xabar beryapmiz.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi liniyada kutish vaqtini qisqartirish va murojaatlaringiz bilan ishlash uchun barcha choralarni ko'rmoqda. Sizning tushunishingizga umid qilamiz.