O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Toshkentda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo'yicha oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti bilan muzokara o'tkazdi

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha tashrif bilan Toshkentga kelgan Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo'yicha oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallas bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo'yicha oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallas xonimni bugun Toshkentda qutlashdan mamnunmiz, – deb yozdi 27-mart kuni O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Muhokamalarimizdan ikki tomonlama va mintaqaviy aloqalarni yana-da kengaytirish masalalari o'rin oldi. Samarqandda bo'lib o'tadigan "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" ilk sammiti xalqlarimiz farovonligi yo'lida samarali aloqalarni mustahkamlashi va yangi imkoniyatlarga yo'l ochishini alohida ta'kidladik".