2025-yilda O'zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirliklari hamkorlikning keng ko'lamli kun tartibini ilgari surish ustida birgalikda ish olib boradilar
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Ozarbayjon elchisi Guseyn Guliyevni qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchisi Guseyn Guliyev janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Mamlakatlarimiz ham ikki, ham ko'p tomonlama munosabatlarda misli ko'rilmagan o'sishni boshdan kechirmoqda. 2025-yilda ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari turli sohalardagi O'zbekiston–Ozarbayjon hamkorligining ulkan kun tartibini ilgari surish uchun birgalikda harakat qiladi".
"Dunyo" AA olgan surat