O'zbekiston tashqi ishlar vaziri BAA elchisini qabul qildi
![](http://singapore.mfa.uz/uploads/7phUCKb-dA_gB7AcJoKTYWIlQLFb12I3.jpg)
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Birlashgan Arab Amirliklari elchisi Said Matar al-Qamziyni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"BAAning O'zbekistondagi Elchisi Said Matar al-Qamziy janoblari bilan uchrashdik, - deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. - Mamlakatlarimiz o'rtasidagi ikki tomonlama aloqalar sezilarli darajada kengayib borayotganini ta’kidladik. Shunga qaramay, oldimizda bajarilishi kerak bo'lgan ishlar hali ko'p va amalga oshirishimiz kerak bo'lgan qator o'zaro manfaatli loyihalar mavjud. Iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratgan holda kelgusi yilda bo'ladigan tadbirlarni muhokama qildik".
"Dunyo" AA olgan surat