O'zbekiston va Xorvatiya tashqi siyosat idoralari rahbarlari vazirliklar o'rtasida Hamkorlik va maslahatlashuvlar to'g'risidagi bayonnomani imzoladilar
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Xorvatiya tashqi va Yevropa ishlari vaziri Gordan Grlich-Radman bugun muzokaralar yakunida Hamkorlik va maslahatlashuvlar to'g'risidagi bayonnomani imzoladilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Xorvatiya tashqi va Yevropa ishlari vazirining mamlakatimizga birinchi tashrifi O'zbekiston-Xorvatiya ikki tomonlama munosabatlarida yangi sahifa ochdi, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Hamkasbim Gordan Grlich-Radman janoblari bilan birgalikda vazirliklarimiz o'rtasida Hamkorlik va maslahatlashuvlar to'g'risidagi bayonnomani imzoladik".
"Dunyo" AA olgan surat