O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Bosniya va Gersegovinaning mamlakatimizdagi birinchi elchisining ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Bosniya va Gersegovinaning mamlakatimizdagi birinchi elchisi etib tayinlangan Ivan Orlichni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Bosniya va Gersegovinaning O'zbekistondagi birinchi Elchisi Ivan Orlich janoblarining ishonch yorliqlarini qabul qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Mamlakatlarimiz o'rtasidagi aloqalarni yana-da jadal rivojlantirishga bo'lgan samimiy intilishni qadrlaymiz. Darhaqiqat, ham ikki tomonlama, ham ko'p tomonlama, ayniqsa, iqtisodiy sohada samarali hamkorlik qilish uchun ko'plab imkoniyatlarni ko'rmoqdamiz. Janob Elchiga yurtimizdagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz".
O'zbekiston va Bosniya va Gersegovina o'rtasidagi diplomatik munosabatlar 1996-yil 14-mayda o'rnatilgan.
"Dunyo" AA olgan surat