Gender tenglik: jamiyatni erkak kishi boshqarishiga qarshi emas, ammo...
Poytaxtimizdagi “Oʻzbekiston” mehmonxonasida Fuqarolik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Senati huzuridagi Gender komissiyasi hamda Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida “Gender tenglik masalalari va gender masalalari boʻyicha koordinatorlar tarmogʻini yaratish” subloyihasi asosida tanlab olingan vazirliklar vakillari uchun davra suhbati oʻtkazildi.
Mazkur loyihadan koʻzlangan maqsad gender tenglikni taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini, bu borada qabul qilingan qonunlar va qarorlarni amalga oshirish mexanizmini qoʻllab-quvvatlash, iqtisodiyot tarmoqlarida xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
Loyihani tatbiq etish uchun Iqtisodiyot va sanoat, Qishloq xoʻjaligi, Energetika, Transport, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirliklari tanlab olingani bejiz emas. Taʼkidlanishicha, bu tizimlarda faoliyat koʻrsatayotgan xotin-qizlar soni boshqa sohalarga nisbatan kamroqni tashkil etadi.
Tadbirda barcha sohalarda xotin-qizlar faolligini kuchaytirish haqida fikrlar aytildi, oʻz navbatida, baʼzi ishtirokchilar sharqona mamlakatda ayolning jamiyatda, oilada bosh boʻlishi qanchalik toʻgʻri, jamiyatda erkaklarga ham turli imtiyozlar berish masalasiga qanday yechim topish mumkin, degan savollarni oʻrtaga tashlandi.
Mutaxassislar ushbu savollarga javob berdi. Muhokamalarga sabab boʻlayotgan gender tenglik masalasining asl mohiyati tushuntirildi.
– Gender tenglik tushunchasi jamiyatni erkak kishi boshqarishiga hech qachon qarshi emas, – dedi yuridik fanlari doktori, professor Lola Saidova. – Bunda faqat ayol kishining manfaatlari poymol etilmasligi kerak. Gender tenglik nafaqat ayollar manfaatini, qolaversa, erkaklarning ham huquqlarini, sohaviy muammolarini hal qilishga harakat qiladi. Uning sogʻligʻi haqida qaygʻuradi. Gender tenglik mohiyati asosini oilada faqat ayol baxtli yashashi kerak emas, erkak ham oʻzini baxtiyor his qilishi kerak, degan tushuncha tashkil etadi. Maqsad oilada erkak va ayol oʻrtasida oʻzaro hurmatni shakllantirishdir.
Taʼkidlanganidek, gender tenglik tarafdori boʻlgan mamlakatlar ijtimoiy yuksalgan va barqarorlikka erishgan davlatlar sanaladi. Ular qatorida Kanada, Daniya, Norvegiya, Germaniya va Fransiya kabi davlatlar bor.
– Bizda hamon ayolar va erkaklar teng huquqliligi, degan tushunchani notoʻgʻri talqin qilish holatlari kuzatiladi, – dedi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi kotibiyati bosh maslahatchisi Nodira Shotursunova. – Shuning uchun bugungi davra suhbatiga vazirliklarni taklif qildik. Vazirliklar tizimida gender tenglik masalalari boʻyicha ekspertlar guruhini shakllantirishni maqsad qilganmiz. Ular bilan hamkorlikda turli tadbirlar, davra suhbatlari oʻtkazamiz. Bu odamlar orasida gender tenglik masalasi bilan bogʻliq salbiy fikrlarga chek qoʻyishga koʻmaklashadi.
Davra suhbatida “Oʻzbekistonda gender tenglik, asosiy chaqiriqlar va istiqbollar“, “Oʻzbekistonda gender teng huquqlilik va uni joriy etish xususiyatlari“ mavzusida taqdimotlar qilindi, “Mehnat statistikasiga gender aspektni joriy qilish“, “Gender va qaror qabul qilish“ nomli filmlar namoyish etildi.