Singapur Tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar
Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Singapur Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishnan bilan muzokaralar olib bordi.
Tomonlarning ulkan salohiyatini inobatga olgan holda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalarda O'zbekiston-Singapur muloqotini jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Rejalashtirilgan tadbirlar jadvali, ularning tashkiliy va mazmunli jihatlari bo'yicha fikr almashildi.
Iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish maqsadida "aqlli" shaharlar, "yashil" va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, IT-texnologiyalarni jalb qilish, transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish, turizm almashinuviga ko'maklashish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish masalalarini o'rganish taklif etildi.
Gumanitar trekda ta'lim, davlat xizmatchilarining malakasini oshirish, kadrlarni birgalikda tayyorlash sohalarida tajrib almashinuvni yo’lga qo’yish hamda ikki mamlakat tahliliy markazlari bilan aloqalarni mustahkamlash uchun salmoqli imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi