O'zbekiston 6 oyda Rossiyaga 3,7 ming tonna o‘rik yetkazib berdi
O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-iyun oylarida xorijiy davlatlarga qiymati qariyb 5,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 5,7 ming tonna o‘rik eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qo'mita ma'lumotiga ko'ra, o‘rik eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,1 ming tonnaga kamaygan.
2022-yilning 6 oyida O‘zbekiston eng ko‘p o‘rik eksport qilgan davlatlar:
— Rossiya – 3,7 ming tonna
— Qozog‘iston – 1,3 ming tonna
— Qirg‘iz R. – 707 tonna
Shuningdek, 2022-yilning 6 oyida xorijga eng ko‘p o‘rik eksport qilgan hududlar:
— Farg‘ona viloyati – 2,9 ming tonna
— Xorazm viloyati – 831 tonna
— Toshkent viloyati – 393 tonna
Avvalroq, yanvar-may oylarida o’rik eksporti o’tgan yilgiga nisbatan 36% ga oshgan. Ularning umumiy qiymati $3 mlnga teng bo‘lib, 2,8 ming tonnani tashkil qilgani haqida xabar berilgandi.