Samimiy qutlovlar
Mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda davlatimiz rahbariga mustahkam sog‘lik, omonlik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot hamda farovonlik tilaklari bildirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari!
Mustaqillik kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga eng samimiy tabriklarimni bildirish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.
Biz xalqaro hamkorlik har qachongidan ham zarur bo‘lgan murakkab davrda yashamoqdamiz. Biz, Xalqlar, tinchlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlarini ta’minlash yo‘lida vijdon bilan birlashsak, butun dunyo bundan yutadi.
Ushbu bayram kunida mamlakatingiz Birlashgan Millatlar Tashkilotini mustahkamlashga ko‘maklashish hamda barcha uchun yorqin kelajakka erishish borasidagi umumiy sa’y-harakatlarimizni ilgari surishda faol ishtirok etadi, degan umiddaman.
Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz.
Antoniu Guterrish,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi
Shuningdek, quyidagilar o‘z qutlovlarini yo‘llagan:
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp
Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi
Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilxom Aliyev
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy
Moldova Respublikasi Prezidenti Igor Dodon
Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qirolichasi Yelizaveta Ikkinchi
Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer
Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron
Italiya Respublikasi Prezidenti Serdjo Mattarella
Ispaniya Qiroli Felipe Oltinchi
Belgiyaliklar Qiroli Filipp
Avstriya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Van der Bellen
Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev
Vengriya Prezidenti Yanosh Ader
Portugaliya Respublikasi Prezidenti Marselo di Soza
Ruminiya Prezidenti Klaus Verner Yoxannis
Slovakiya Respublikasi Prezidenti Zuzana Chaputova
Chexiya Respublikasi Prezidentiya Milosh Zeman
Shveysariya Konfederatsiyasi Prezidenti Uli Maurer
Yaponiya Imperatori Naruxito
Singapur Respublikasi Prezidenti Xalima Yakub
Indoneziya Respublikasi Prezidenti Joko Vidodo
Malayziya Podshohi Al Sulton Abdulloh Riayatuddin al-Mustafo Billoh Shoh
Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla Ikkinchi
Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Natx Kovind
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an
Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alviy
Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi muvaqqat Prezidenti Abdulqodir ibn Saloh
Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Abdul Hamid
Bangladesh Xalq Respublikasi Bosh vaziri Shayxa Hasina
Falastin Prezidenti Mahmud Abbos
Afg‘oniston Islom Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Abdulla
Saudiya Arabistoni Podshohligii Bosh vaziri zrinbosari, mudofaa vaziri, valiahdi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum
Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi – Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Sayf bin Zoid Ol Nahayon
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori Syuy Dun’yuy
Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikuriya
Islom hamkorligi tashkiloti bosh kotibi Yusuf al-Usaymin
Rim-katolik cherkovi rahbari Fransisk
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.