Singapurda “O‘zbek madaniyati” kunlari o‘tkazildi
Singapurdagi O‘zbekiston elchixonasi va "Visit Uzbekistan" hamkorlik doirasi "O‘zbek madaniyati" kunlari tashkil etildi. Tadbir 5-avgust kuni Singapurning Sentoza orolida o‘tkazildi. Unda 200 ga yaqin ishbilarmon elita, investorlar, diplomatik korpus va ijodiy doiralar vakillari ishtirok etdi.
"Visit Uzbekistan" fotoko‘rgazmasi hammani hayratlantirdi
Tadbir mehmonlari Muhiddin Ali tomonidan "Visit Uzbekistan" deb nomlangan fotoko‘rgazma bilan kutib olindi. Fotosuratchining tarixiy diqqatga sazovor joylarga noyob qarashlari, millat ruhi, me’moriy majmualarning betakror shakllari va milliy urf-odatlarni boyligini aks ettiruvchi 28 ta fotosuratdan iborat to‘plam mehmonlarni O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun sabab bo‘la oldi.
Oshpazlar gastronomik tomosha ko‘rsatdi
Shuningdek, mehmonlar sakkiz tonnalik palovni Ginnesning rekordlar kitobiga kiritish bo‘yicha oshpazlar jamoasi a’zosi, ettinchi avlod vakili bo‘lmish pazandalik ustasi Hasan Rasulovning gastronomik tomoshasiga guvoh bo‘ldi. Oshpaz mehmonlarni osh, somsa va milliy shirinliklarning ta’mi bilan tanishtirib, haqiqiy o‘zbekona mehmondo‘stlik muhitini yaratdi.
Modalar namoyishi
"Feel Uzbekistan" dizaynerlik shousi kechasida “Anor” moda uyining eksklyuziv kompozitsiyasi namoyish etildi. Shuningdek, “Mursak” brendining milliy liboslari to‘plami ham namoyish etildi.
Parfyumeriya taqdimoti
Kecha davomida Frantsiyada yaratilgan, O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga bag‘ishlangan “Begim” parfyumeriya to‘plamining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Ingliz tilidagi tadbirkorlar uchun ilk jurnal
O‘zbekistonga sayohatchilar va ishbilarmonlar uchun ingliz tilidagi birinchi jurnal - "Visit Uzbekistan" taqdimoti kechaning munosib yakuni bo‘ldi. Jurnalda sayyohlik va sarmoyaviy salohiyat, mamlakatning ijtimoiy va madaniy hayotidagi tadbirlari, san’at, gastronomiya, an’analar, meros va odamlar haqida sifatli ma’lumotlar keltirilgan. Turistik marshrutlar, xaritalar, bo‘lajak tadbirlarning afishalari, xaridlar haqida juda ko‘p foydali ma’lumotlar ham nashrda taqdim etilgan. Jurnal 3000 nusxada chop etilib, dunyo bo‘ylab elchixonalar, sayyohlik agentliklari va hamkorlar orqali tarqatiladi. Ikki yil ichida jurnalning 20 soni chop etilib, 15 dan ortiq mamlakatlarda namoyish etilgan.
11 mamlakatni birlashtirdi
Ushbu loyiha asosida dunyoning 11 mamlakatdagi ekspertlar kengashi va O‘zbekistondagi sayyohlik va ijodkorlik sohasidagi ishbilarmon doiralarni birlashtirgan "Visit Uzbekistan" xalqaro hamkorlik platformasi tashkil etilgan.