Bugun “DOING BUSINESS WITH NAMANGAN – 2019” Xalqaro biznes forumi ish boshlaydi
Namangan viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo, Tashqi ishlar vazirliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalari hamkorligida o‘tkazilayotgan tadbirni yuqori saviyada o‘tkazishga alohida tayyorgarlik ko‘rildi.
Forumda Rossiya, Turkiya, Xitoy, Koreya, Yaponiya, Eron, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Gollandiya, Belgiya, Avstriya, Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Misr, Quvayt, Isroil, Singapur, Ummon, BAA, Tayland, Malayziya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Polsha, Latviya, Luksemburg, Tojikiston, Belarus, Bolgariya, Gruziya, Indoneziya va Ukrainadan tashrif buyurgan 228 xorijiy kompaniyalar vakillari, mamlakatimizning 29 xorijiy davlatdagi elchilari, 32 davlatning O‘zbekistondagi diplomatik missiyalari vakillari hamda 10 dan ortiq xorijiy OAV muxbirlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Namangan xalqaro aeroportida mehmonlarni viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari milliy mehmondo‘stlik an’analariga muvofiq karnay-surnay sadolari ostida kutib oldi.